|
Kamyoblik
darajasi 2. O`zbekistonda
onda-sonda uchraydigan kamyob tur.
Qisqacha
tavsifi. Biyi
40-200 sm oralig`idagi poya va barglari qalin joylashgan ko`p yillik o`t.
Barglar qattiq, eni 15 sm, chetlari o`tkir, qattiq tishchali. To`pguli ko`p,
bir-biridan ajralgan holda joylashgan, murakkab, soyabonsimon ro`vak hosil
qiladi. Boshoqlari tuxumsimon yoki nashtarsimon, uzunligi 4-6 mm. Yong`oqchasi
(mevasi) tuxumsimon, uzunligi 4 mm, yaltiroq, qoramtir. Iyun-avgust oylarida
gullab, mevalaydi.
Tarqalishi. Amudaryo suv havzalarida
Termiz shahri yaqinida, Chirchiq daryosi qirg`oqlarida, Zarafshon daryosining
quyi oqimida Payshanba qishlog`i yaqinida tarqalgan (Toshkent, Samarqand va
Surxondaryo viloyatlari).
O`sish
sharoiti. Daryo
va kqllarning botqoqlashgan qirg`oqlarida, ba'zan sholizorlarda o`sadi.
Soni. Kam tuplardan tashkil topgan
uchta to`pi ma'lum, yakka-yakka holda ham uchraydi.
Ko`payishi. Urug`idan va vegegativ yo`l
bilan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Suv sathining tez-tez o`zgarib turishi va suv
toshqinlari sabab bo`ladi. Kamayishiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar ham
bo`lsa kerak.
Madaniylashtirilishi.
Bu haqda
ma'lumotlar yo`q.
Muhofaza
choralari. Qizil
kitobga kiritilgan. Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan. Tabiiy holda
o`sib turgan yerlari saqlab qolinishi va madaniy sharoitda ekib o`stirilishi
zarur.
|